27 Fevral 2023 754

Karatechilarimiz Fujayradagi musobaqada oltita medalga sazovor boʻlishdi

BAAning Fujayra shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha “Yoshlar ligasi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Turnirning soʻngi kunida hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallarga sazovor boʻlishdi.

12-13 yoshli sportchilar oʻrtasida kechgan kata bahslarida Javohir Jahongirov oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, -45 kg vazndagi kumite dasturida Ulugʻbek Haytmurodov bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, musobaqada ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar turnirni 2 tadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi. Hamyurtlarimiz bugun poytaxtimizga qaytib kelishadi.

Text to speech