27 Fevral 2023 739

Uchkurashchilarimiz Polshada yig'in boshlashdi

Ot sportining uchkurash yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazish uchun Polsha poytaxti Varshava shahriga yetib borishdi. Hamyurtlarimiz ushbu manzilda amaldagi sportchi va murabbiy, Tokio-2020 Olimpiadasi qatnashchisi Yanek Kaminski qoʻl ostida mashgʻulot olib borishadi.

Rejaga koʻra, uchkurashchilarimizga mazkur yoʻnalishda muhim hisoblanadigan jismoniy yuklamalar beriladi. Joriy yigʻin sportchilarimizning Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari va Parij-2024 Olimpiadasi uchun oʻtadigan saralash musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari yoʻlidagi muhim bosqich hisoblanadi.

Text to speech