25 Fevral 2023 1765

Stranja-2023: 12 nafar bokschimiz chempionlik uchun jang qiladi

Bolgariyada nihoyasiga yetib borayotgan boks boʻyicha “Stranja” turnirida finalchilar nomi maʼlum boʻldi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasining 12 nafar aʼzosi ertaga boʻlib oʻtadigan chempionlik jangida ringga koʻtariladi. Bugun yarim finalda imkoniyatni boy bergan 6 bokschimiz turnirni bronza medali bilan yakunladi. Bugungi janglarning natijalari:

-48 kg: Saidaxon Rahmonova - Kalaivani (Hindiston) 5:0
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva - Keona Sam-Sin (Niderlandiya) 2:3
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Yergunal Sebatin (Bolgariya) 3:2
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Jimao Jang (Xitoy) 4:1
-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Federiko Serra (Italiya) 3:2
-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Radoslav Rosenov (Bolgariya) 1:4
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Dilshod Abdumurodov 5:0
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Maks Makkleri (Avstraliya) 5:0
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Emilo Garsiya (AQSh) 4:1
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Gurgen Madoyan (Armaniston) 5:0
-67 kg: Bekzod Hamidov - Sebastyan Terteryan (Daniya) 5:0
-71 kg: Nurislom Ismoilov - Erdemir Tugrulxan (Turkiya) 0:5
-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Nikolay Terteryan (Daniya) (Terteryan 1-raundda jangni to’xtatdi)
-75 kg: Havasbek Asadullayev - Villiam Cholov (Bolgariya) 2:3
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Robbi Gonsales (AQSh) 0:5
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Georgi Kushitashvili (Gruziya) 3:1
+92 kg: Bahodir Jalolov - Muhammad Abdullayev (Ozarbayjon) (Jalolovning raqibi ringga chiqmadi)

Text to speech