25 Fevral 2023 772

Sport gimnastikachilarimiz Jahon kubogida medallar uchun kurashadi

Germaniyaning Kotbus shahri mezbonlik qilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida saralash bahslari ortda qoldi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bugun 4 yo‘nalishda medallar uchun kurash olib boradilar.

Kutilganidek, ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina va Dildora Aripova saralashdan muvaffaqiyatli o‘tishdi. To‘sindagi mashqda kuchli sakkizlikdan joy olgan Aripova ikki dasturda medallar uchun kurashadigan bo‘ldi. Shuningdek, ot ustidagi mashqda Abdulla Azimov ham kvalifikatsiyadan o‘tdi. Bugun bo‘lib o‘tadigan finallarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!

Text to speech