25 Fevral 2023 996

Samarqandda iqtidorli og‘ir atletikachilar kashf etilmoqda

Ayni kunlarda Samarqand shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqa murabbiylar shtabiga 25 mart – 1 aprel kunlari Albaniyada o‘tadigan ushbu yosh toifasidagi jahon chempionati oldidan terma jamoa tarkibini shakllantirib olish, sportchilarning holatini ko‘zdan kechirish imkoniyatini taqdim etmoqda. Ortda qolgan kun dasturida quyidagi vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi:

 O‘g‘il bolalar, -67 kg:
1. Nurillo Davlatboyev (Chirchiq OPSTTM) – 263 (117+146) kg;
2. Hikmatillo Haydarov (Samarqand) – 257 (118+139) kg;
3. Said Rustamov (Toshkent vil.) – 245 (107+138) kg.

 Qiz bolalar, -59 kg:
1. Marjona Abdumutalova (Navoiy) – 181 (83+98) kg;
2. Lyudmila Elefteriadi (Farg‘ona) – 168 (75+93) kg;
3. Fazilat Ismoilova (Respublika OPSTTM) – 165 (74+91) kg.

Text to speech