25 Fevral 2023 1017

Misrda sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqa davom etmoqda

Kecha kurashchi qizlarimiz hamyurtlarimizning ushbu turnirdagi ishtirokini boshlab berishgan edi. Afsuski, unda bahs olib borgan atletlarimiz shohsupaga ko‘tarila olishmadi. Bugun ham ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlar davom etadi. Shuningdek, erkin kurash bo‘yicha 2 vazn toifasidagi bahslar ham ushbu kun dasturidan o‘rin olgan. Hamyurtlariz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

Ayollar kurashi:
-50 kg: Jasmina Immayeva – Alissa Lampe (AQSh) 
-50 kg: Aktenge Keunimjayeva – Jiang Chju (Xitoy)
-53 kg: Shohida Ahmedova – Annika Vendl (Germaniya)
-53 kg: Dilshoda Matnazarova – Anastasiya Byalvas (Germaniya)
-72 kg, 1-guruh: Svetlana Oqnazarova, Ritika (Hindiston), Lili Shnayder (Germaniya) 

Erkin kurash:
-97 kg: Maqsud Veysalov – Abubakr Gadelmavla (Misr) / Tuyerxunbike Muxete (Xitoy) 
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Kamil Kosyolok (Polsha) 
-125 kg: Sardorbek Xolmatov – Xose Roberti (Venesuela)

Text to speech