25 Fevral 2023 961

BAAning Fujayra shahrida karate WKF boʻyicha “Yoshlar ligasi” musobaqasi boʻlib oʻtmoqda

Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medallarini qoʻlga kiritdi.

Musobaqada 67 davlatdan 1100 nafar sportchi qatnashyapti. -48 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Gulshan Alimardonova oltin, Islombek Ismatullayev (+76 kg) esa oʻsmirlar toifasida kumush medalga sazovor boʻldi. Musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoamizning boshqa vakillariga ham omad tilaymiz.

Text to speech