25 May 2020
3118
Onlayn mashg'ulot: O'zbekiston Respublikasi Rowing & Canoe federasiyasi
Do'stlar! Har doimgidek, jadval bo'yicha mashg'ulotlar! Bugun O'zbekiston Respublikasi Rowing & Canoe federasiyasi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining ikkinchi onlayn-mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Sportchilar maxsus professional trenajyorlarda murabbiylar va tibbiyot xodimlarining qat'iy nazorati ostida intensiv mashg'ulotlar o'tkazishdi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi barchani bundan keyin ham doimiy ishlashni, sog'lig'ini mustahkamlab borishni va jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni tavsiya qiladi. Shuningdek, barcha murabbiy va sportchilarga noodatiy sharoitda fidoyilik bilan mashg'ulot olib borish istagi uchun tashakkur bildiradi.
Birgalikda barchasini engib o'tamiz!