25 Fevral 2023 1314

Stranja-2023: Bugun yarim final janglari o‘tkaziladi

Bolgariyada o‘tayotgan boks bo‘yicha nufuzli musobaqa hal qiluvchi pallaga kirdi. Reglamentga ko‘ra, bugun musobaqaning yarim final janglari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ushbu bosqichga yetib kelgan 18 nafar bokschisi ringga ko‘tariladi. Ahamiyatlisi, -60 kg vazn toifasida yana bir o‘zbekcha “derbi”ga guvoh bo‘lamiz. Bugungi juftliklar:

-48 kg: Saidaxon Rahmonova - Kalaivani (Hindiston)
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva - Keona Sam-Sin (Niderlandiya)
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Yergunal Sebatin (Bolgariya)
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Jimao Jang (Xitoy)
-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Federiko Serra (Italiya)
-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Radoslav Rosenov (Bolgariya)
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Maks Makkleri (Avstraliya)
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Emilo Garsiya (AQSh)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Gurgen Madoyan (Armaniston)
-67 kg: Bekzod Hamidov - Sebastyan Terteryan (Daniya)
-71 kg: Nurislom Ismoilov - Erdemir Tugrulxan (Turkiya)
-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Nikolay Terteryan (Daniya)
-75 kg: Havasbek Asadullayev - Villiam Cholov (Bolgariya)
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Robbi Gonsales (AQSh)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Georgi Kushitashvili (Gruziya)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Muhammad Abdullayev (Ozarbayjon)

Text to speech