24 Fevral 2023 1160

Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ot yoʻrttirish boʻyicha Qozogʻistonda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rdi

Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ot yoʻrttirish boʻyicha Qozogʻistondagi “Almati kubogi” va “Doʻstlik kubogi” musobaqalarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Sportchilarimiz mazkur turnirlarini 2 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.

Yoshlar toifasida Yusra Fayz ajoyib ishtiroki bilan ikki bor shohsupaga koʻtarilishga muvaffaq boʻldi. Hamyurtimiz “Chek” laqabli otda dastlab “Doʻstlik kubogi” doirasida 66,09 % natija bilan ikkinchi koʻrsatkichni qayd etdi. Fayz “Almati kubogi”da mezbon sportchiga kichik farq bilan imkoniyatni boy berib, yana bir bor kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, oʻsmirlar toifasida kechgan bellashuvlarda Darya Moseva hamda Yana Pavliva bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Text to speech