26 May 2020 3019

Onlayn mashg'ulot: O'zbekiston triatlon federasiyasi

Do'stlar! Sport yashayapti va mashg'ulot har kuni davom etadi!

Sizga O'zbekiston triatlon federasiyasining Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn-mashg'ulotdan videorolikni taqdim etamiz.

Triatlon bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Zemsev yurak-qon tomir tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor berib, barcha mushak guruhlari uchun kengaytirilgan funktsional mashg'ulot o'tkazdi. Sportchilar bilan birgalikda u barcha mashqlarni puxta ishlab chiqdi, jarayonni diqqat bilan kuzatdi.

Mashg'ulotlar yakuniga etgach, Milliy Olimpiya qo'mitasi Prezidenti R.M. Shaabduraxmonov murabbiylar, tibbiyot xodimlari va sportchilar bilan sportchilarni o'z-o'zini izolyasiya qilish sharoitida mashq qilishning keyingi bosqichlari va zalga mashg'ulotlarga qaytish imkoniyatlarini muhokama qildi. Shuningdek, u har tomonlama yordam va qo'llab-quvvatlagani uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi barchani bundan keyin ham doimiy ishlashni, sog'lig'ini mustahkamlab borishni va jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni tavsiya qiladi. Shuningdek, barcha murabbiy va sportchilarga noodatiy sharoitda fidoyilik bilan mashg'ulot olib borish istagi uchun tashakkur bildiradi.

Birgalikda barchasini yengib o'tamiz!

Text to speech