22 Fevral 2023 874

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan xodimlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan xodimlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Qo‘mita jamoasi bugun Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdi.

Unda o‘zbek adabiyotining boy tarixi, uning yorqin namoyondalari, ayniqsa, buyuk mutafakkir hazrat Navoiyning faoliyatiga oid bo‘lim ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, o‘rta asrlar, yaqin o‘tmish va zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakillarining ijodi ham hech kimni befarq qoldirmadi.

Text to speech