22 Fevral 2023 1061

Toshkentga kelayotgan dzyudo yulduzlari

3-5-mart kunlari Toshkentda oʻtadigan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasida ishtirok etuvchi davlatlar soni ortib bormoqda. Ular orasida poytaxtimizga tashrif buyuradigan quyidagi taniqli sportchilarni uchratish mumkin:

 Avstriya: Shamil Borchashvili (-81 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi) va Mixaela Pollers (-70 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi kumush medali sohibi);

 Xorvatiya: Barbara Matich (-70 kg, 2 karra jahon chempioni);

 Kuba: Endi Granda (+100 kg, amaldagi jahon chempioni);

 Vengriya: Kristian Tos (-90 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi va jahon chempioni);

 Portugaliya: Jorj Fonseka (-100 kg, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi va 2 karra jahon chempioni);

 Serbiya: Nemanya Maydov (-90 kg, jahon chempioni).

Bugungi kunga kelib, 46 mamlakatdan 279 nafar sportchi roʻyxatdan oʻtkazildi. Talabnomalar kelishda davom etmoqda.

Text to speech