21 Fevral 2023
737
Atletlarimiz Toshkent xalqaro marafoniga tayyorlanishmoqda
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining uzoq masofalarga yugurish yoʻnalishida ishtirok etadigan asosiy vakillari 12-mart kuni oʻtadigan Toshkent xalqaro marafoniga qizgʻin hozirlik koʻrishmoqda. Avval xabar berganimizdek, Shohruh Davlatov Keniyada shugʻullanayotgan boʻlsa, Yekaterina Tunguskova Fargʻonada mashgʻulot oʻtkazyapti. Marina Xmelevskaya esa Toshkentdagi yigʻinni yakunlab, Issiq-Koʻlga yoʻl oldi va tayyorgarlikning qolgan qismini Qirgʻizistonda oʻtkazadi.