27 May 2020 3135

Onlayn mashg'ulot: O'zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi

Do'stlar! Bugun siz bilan O'zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan qo'shma onlayn-mashg'ulotini baham ko'rishdan mamnunmiz.
Para-atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Sardor Abduholiqov bevosita nazorati ostida intensiv mashqlar o'tkazildi. Sportchilar yuklamasi sinchkovlik bilan hisoblab chiqilib, yurak pulsi doimiy o'lchab turildi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti R.M. Shaabduraxmonov muhtaram Prezidentimiz topshirig'iga binoan qo'mita va vazirlik barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani, sportchi va murabbiylarga har tomonlama ko'mak va yordam ko'rsatayotganini ta'kidladi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi barchani bundan keyin ham doimiy ishlashni, sog'lig'ini mustahkamlab borishni va jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni tavsiya qiladi. Shuningdek, barcha murabbiy va sportchilarga noodatiy sharoitda fidoyilik bilan mashg'ulot olib borish istagi uchun tashakkur bildiradi.
Birgalikda barchasini engib o'tamiz!

Text to speech