21 Fevral 2023 1327

Suzish boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati JChga yoʻllanma beradi

17-22-aprel kunlari poytaxtimizda suzish boʻyicha mamlakat ochiq chempionati boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston suzish federatsiyasining maʼlum qilishicha, mazkur musobaqa joriy yilning 14-30-iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga saralash bosqichi vazifasini oʻtab beradi.

Reglamentga koʻra, musobaqada sportchilar oʻsmirlar (2006-2007-yillar) va kattalar (2005 va undan katta) toifasiga boʻlingan holda medallar uchun kurash olib borishadi. Bahslar davomida jahon chempionatining normativini bajargan sportchilar boʻlajak dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishadi. Ayni paytda terma jamoa vakillari Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borishmoqda.

Text to speech