21 Fevral 2023 801

Yosh chavandozlarimiz Qozog'istonga joʻnab ketishdi

Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Qozogʻistonning Almati shahriga joʻnab ketdi. Hamyurtlarimiz ot yoʻrttirish yoʻnalishida 22-23-fevral kunlari “Almati kubogi” turniri doirasida oʻtadigan “Doʻstlik kubogi” musobaqasida ishtirok etishadi.

Ushbu musobaqa bir necha yildan beri anʼanaviy tarzda oʻtkazilib, unda Markaziy Osiyoning mohir chavandozlari ot yoʻrttirish boʻyicha bahs olib borishadi. Boʻlajak bahslarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech