Stranja-2023: Bugun 13 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi
Bugun bir-biridan qiziqarli janglar kutib turibdi. Jumladan, -71 kg vazn toifasida birinchi raqamli sportchi bo‘lish uchun raqobatlashayotgan ikki bokschimiz – Osiyo o‘yinlari g‘olibi Iqboljon Xoldorov va 2 karra Osiyo chempioni Saidjamshid Ja’farovni qur’a ikkinchi bosqichdayoq o‘zaro to‘qnash qildi. Bugungi juftliklar:
Kunduzgi dastur:
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev – Dzimitri Dziashkevich (Yevropa boks konfederatsiyasi)
-63.5 kg: Mujbillo Tursunov – Lasha Gagnidze (Gruziya)
-57 kg: Abdumalik Xalakov – Jin Kaysedo (Ekvador)
-71 kg: Nurislom Ismoilov – Islam Yusuf (Jazoir)
-71 kg: Iqboljon Xoldorov – Saidjamshid Ja’farov
Kechki dastur:
-54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Dilan Igleson (Irlandiya)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov – Pablo de Jezush (Braziliya)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Markos Mafaud (Argentina)
-67 kg: Behzod Hamidov – Lasha Guruli (Gruziya)
-80 kg: Odiljon Aslonov – Vanderley Pereyra (Braziliya)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev – Kristian Dimitrov (Bolgariya)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Mishel Erpelding (Lyuksemburg)