20 Fevral 2023
1192
Toshkent eng kuchli marafonchilarni chorlaydi
Bir necha yildirki, poytaxtimizda Navro‘z bayrami arafasida xalqaro marafon o‘tkazib kelinadi. Bu yil beshinchi bor tashkil etiladigan musobaqa 12 mart sanasiga belgilangan.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, ayni paytda ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni ketmoqda. Unda qatnashmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Reglamentga ko‘ra, bu yilgi poygalar quyidagi masofalarda tashkil etiladi:
- Klassik marafon (42 km, 195 m);
- Yarim marafon (21 km, 97,5 m);
- 10 kmga yugurish;
- 3 kmga yugurish.
Musobaqaning start va finish nuqtasi doimgidek “Humo arena” muz saroyi oldidagi “Afrosiyob” va “Beshyog‘och” ko‘chalari tutashgan qismda bo‘ladi.