20 Fevral 2023 783

Germaniyaning Oberxof shahrida biatlon bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi

Musobaqa haqida qiziqarli faktlar:

  •  Norvegiya terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi;

  •  Yoxannes Byo bir JChdagi sermahsullik bo‘yicha biatlon tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi – 5 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza;

  •  Marta Olsbu Royseland JChlarida eng ko‘p oltin medal jamg‘argan ayol biatlonchiga aylandi – 13 ta oltin;

  •  Musobaqada 6 ta davlat medal qo‘lga kirita oldi: Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Avstriya
Text to speech