20 Fevral 2023 795

Hamyurtimiz "Sharjah Ruler Cup" turnirida ishtirok etdi

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev BAAda oʻtayotgan nufuzli musobaqalarda qatnashmoqda. Hamyurtimiz “Sharjah Ruler Cup” musobaqasining navbatdagi bosqichida startga chiqdi.

“Quintair” laqabli otda oʻz dasturini namoyish etgan chavandozimiz 155 sm balandlikdan sakrash mashqini jarima ochkolarisiz oʻtkazdi. Bu bilan Abdullayev 4-natijani qayd etdi. Qayd etish joiz, ushbu koʻrsatkich yurtdoshimizga musobaqaning keyingi bosqichiga oʻtish uchun yetarli boʻldi. Startga chiqqan 38 nafar mohir chavandoz orasida 12 sportchi navbatdagi bosqichga yoʻl oldi.

Text to speech