Bugun Bolgariyada “Stranja” turniri boshlanad
Bugun Bolgariyada boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” turniri start oladi. “Kichik jahon chempionati” deya nom olgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun musobaqaning ilk kunida 7 nafar hamyurtimiz saralash bosqichida dastlabki jangini o‘tkazadi. Juftliklar quyidagicha:
Kunduzgi dastur:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova – Naim Fey (Irlandiya)
-51 kg: Asilbek Jalilov – Gumush Samet (Turkiya)
-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Artur Tiniyev (Yevropa boks konfederatsiyasi)
-67 kg: Behzod Hamidov – Pavel Fedorov (Serbiya)
-71 kg: Iqboljon Xoldorov – Vanderson de Oliveyra (Braziliya)
-71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Kapuler Miroslav (Isroil)
Kechki dastur:
-48 kg: Saidaxon Rahmonova – Karmen Ortega (Ispaniya)