29 May 2020 3355

Onlayn mashg'ulot: O'zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi. 2-mashg'ulot

Qadrli do'stlar! Onlayn-mashg'ulotlar davom etmoqda!

E'tiboringizga O'zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan ikkinchi qo'shma mashg'ulotidan videoni taqdim etamiz.

Mashg'ulotni yana bir bor para-atletika bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Sardor Abduxoliqov olib bordi. U faol chigalyozdi mashqlarini boshladi va keyin sportchilarga kuchli nazorat ostida mashg'ulotlarni davom ettirishga yordam berdi. Sportchilarning yuklamasi sinchkovlik bilan hisoblab chiqilib, puls urishi doimiy o'lchab turildi.

Onlayn-mashg'ulot yakunida Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti R.M. Shaabduraxmonov muhtaram Prezidentimiz topshirig'iga binoan qo'mita va vazirlik barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani, sportchi va murabbiylarga har tomonlama ko'mak va yordam ko'rsatilayotganini ta'kidladi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi barchani bundan keyin ham doimiy ishlashni, sog'lig'ini mustahkamlab borishni va jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni tavsiya qiladi. Shuningdek, barcha murabbiy va sportchilarga noodatiy sharoitda fidoyilik bilan mashg'ulot olib borish istagi uchun tashakkur bildiradi.

Birgalikda barchasini engib o'tamiz!

Text to speech