Fransiyalik dzyudochilarning Toshkentga keladigan tarkibi aniq
3-5-mart kunlari Toshkentda o‘tadigan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etuvchi davlatlar soni ko‘payib bormoqda. Aralash jamoaviy dasturda amaldagi Olimpiada chempioni Fransiya termasi ham poytaxtimizga katta tarkibda tashrif buyuradi. Yevropaliklar bo‘lajak musobaqaga 10 nafar erkak va 5 nafar ayol sportchini ro‘yxatdan o‘tkazishgan. Ular orasida Tokio-2020 bronza medali sohibi Luka Mxaidze ham bor. To‘liq tarkib:
Erkaklar:
-60 kg: Luka Mxaidze va Sedrik Revol
-66 kg: Maksim Jober va Valide Xyar
-73 kg: Benjamin Axus va Joan-Benjamin Gaba
-81 kg: Alfa Omar Jalo va Tiziye Gnamiyen
-90 kg: Maksim-Gayel Ngayap va Aleksis Metyu
Ayollar:
-48 kg: Melaniye Viyeu
-52 kg: Xloya Deviktor
-63 kg: Agate Devitri
-70 kg: Laura Geberstok
+78 kg: Anne M Bairo