18 Fevral 2023 849

Komiljon Toʻxtayev gigant slalomdagi ishtirokini yakunladi

Kurshevel va Maribel shaharlari (Fransiya) mezbonlik qilayotgan togʻ changʻisi boʻyicha jahon chempionatining ortda qolgan kunida erkaklar oʻrtasida gigant slalom yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unda hamyurtimiz Komiljon Toʻxtayev ham ishtirok etdi.

Bahslar yakuniga koʻra, shveysariyalik Mark Odermat eng yaxshi natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Kuchli uchlikdan Shveysariya termasining boshqa birin vakili Lui Millard va avstriyalik Marko Shvars joy olishdi. Komiljon Toʻxtayev esa kvalifikatsiyadan oʻtgan 100 nafar sportchi orasida 39-natijani qayd etdi.

Text to speech