17 Fevral 2023 819

Gulnoza Matniyazova Tel-Avivdagi ishtirokini yakunladi

Isroilda oʻtayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasida qatnashgan yagona vakilimiz Gulnoza Matniyazova (-70 kg) musobaqadagi ishtirokini tugatdi. Xorazmlik dzyudochimiz ilk bosqichda moʻgʻulistonlik Basanjargal Baybaratga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Endi hamyurtimiz bor eʼtiborini 3-5-mart kuni Toshkentda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga qaratadi.

Text to speech