29 May 2020 2971

Onlayn-konferentsiya

Milliy Olimpiya qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda sport federasiyalari va assosiasiyalariga biriktirilgan mas'ul tashkilotlarning rasmiy shaxslari ishtirokida onlayn-konferentsiya o'tkazdi. Majlisni MOQ prezidenti R.M. Shaabduraxmanov olib bordi. Mamlakatimizda Olimpiya harakatini qo'llab-quvvatlayotgan bir qator tashkilotlarga o'z minnatdorchiligini bildirgan MOQ rahbari bunday sinovli va murakkab kunlarda hamjihatlikda harakat qilish umumiy maqsad sari yo'l ekanligini ta'kidladi.

MOQ rahbari karantin paytida ham sportchilar taqdirini unutmagan, uyda mashq qilish uchun zarur jihozlar bilan ta'minlangan davlatimiz rahbari va hukumatga o'z minnatdorchiligini bildirdi. R.M. Shaabduraxmanov federasiyalar matbuot xizmatlari bilan mustahkam aloqa o'rnatish va mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikning yangi bosqichi uchun batafsil reja ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.

Text to speech