Kurashchilarimiz Misrdagi turnirda asosiy tarkib bilan qatnashishadi
23-26-fevral kunlari Misrning Iskandariya shahrida sport kurashlari bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Reyting seriyasiga kiruvchi mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi.
Ayni paytda kurashchilarimiz Misrga yetib borishgan va musobaqa oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda. Tarkibda Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov kabi yetakchilar bor. Turnirda quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
Erkin kurash:
-57 kg: Nodirjon Safarov va Arslan Rahimov
-61 kg: Jahongirmirzo Turobov
-65 kg: Abbos Rahmonov va Umidjon Jalolov
-70 kg: Zafarbek Otaxonov
-79 kg: Bekzod Abdurahmonov
-86 kg: Bobur Islomov
-97 kg: Maxsud Veysalov
-125 kg: Sardorbek Xolmatov va Hasanboy Rahimov
Ayollar kurashi:
-50 kg: Jasmina Immayeva va Aktenge Keunimjayeva
-53 kg: Dilshoda Matnazarova va Shohida Ahmedova
-57 kg: Layloxon Sobirova
-62 kg: Dilfuza Aimbetova va Ariuxan Jumabayeva
-65 kg: Firuza Esenbayeva
-72 kg: Svetlana Oqnazarova
-76 kg: Ozoda Zaripboyeva