17 Fevral 2023 780

Komiljon Toʻxtayev saralashdan muvaffaqiyatli oʻtdi

Fransiyaning Kurshevel va Maribel shaharlarida togʻ changʻisi boʻyicha jahon chempionati davom etmoqda. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishyapti. Sportchilarimiz kecha gigant slalom dasturida saralash bosqichida startga chiqishdi.

Kvalifikatsiyadan faqatgina ikki Olimpiada ishtirokchisi Komiljon Toʻxtayev muvaffaqiyatli oʻta oldi xolos. Arman Gayupov, Medet Nazarov va Raʼno Imonqulovalarning qayd etgan natijalari sovrinli oʻrinlar uchun kurashni davom ettirishga yetarli boʻlmadi. Valeriya Kovalyova esa birinchi urinishda finishga yetib kela olmadi. Bugun Komiljon Toʻxtayev saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan 100 nafar sportchi orasida kurashni davom ettiradi.

Text to speech