17 Fevral 2023 894

Gulnoza Matniyazovaga g’alaba yor bo’lsin!

Bugun Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo boʻyicha davom etayotgan “Katta dubulgʻa” turnirining ikkinchi kun bellashuvlari oʻtkaziladi. Oʻrta vazn toifasida kechadigan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasining ushbu turnirda qatnashayotgan yagona vakilasi Gulnoza Matniyazova tatamiga chiqadi. Qurʼaga koʻra, Gulnoza chorak final yoʻllanmasini qo’lga kiritish uchun dastlab Moʻgʻuliston vakilasini, soʻng Braziliya va Isroil sportchilari oʻrtasidagi bahs gʻolibini magʻlub etishi kerak.

Gulnoza Matniyazova – Basanjargal Bayarbat (Moʻgʻuliston)

Luana Karvalyo (Braziliya) – Maya Goshen (Isroil)

Text to speech