16 Fevral 2023 794

Merganlarimiz navbatdagi Jahon kubogiga yo‘l olishdi

O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Misr poytaxti mezbonlik qiladigan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun “qora qit’a”ga yo‘l oldi. Hamyurtlarimiz 17-24-fevral kunlari Qohira shahrida o‘tadigan bahslarda ishtirok etishadi. Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa uchun 6 nafar sportchini saralab oldi. Yurtdoshlarimiz pnevmatik miltiq va to‘pponchada 10 metrdan otish dasturlarida qatnashishadi. Tarkib esa quyidagicha:

Pnevmatik miltiq:
Vadim Skorovarov
Javohir Sohibov
Gulbonu Qambarbekova

Pnevmatik to‘pponcha:
Muhammad Kamalov
Vladimir Svechnikov
Veniamin Nikitin

Text to speech