16 Fevral 2023 1296

Toshkent qilichbozlarni yana chorlaydi

Qilichbozlik muxlislarining nigohi yana poytaxtimizga qaratiladi. 2-9 mart kunlari Toshkent ushbu sport turi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Musobaqada qit’amizning 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Musobaqa dasturi quyidagicha:

2 mart, yakkalik (o‘smirlar):
sablya, shpaga (yigitlar); rapira (qizlar)

3 mart, yakkalik (o‘smirlar):
sablya, shpaga (qizlar); rapira (yigitlar)

4 mart, jamoaviy (o‘smirlar):
sablya, shpaga (yigitlar); rapira (qizlar)

5 mart, jamoaviy (o‘smirlar):
sablya, shpaga (qizlar); rapira (yigitlar)

6 mart, yakkalik (yoshlar):
sablya, shpaga (yigitlar); rapira (qizlar)

7 mart, yakkalik (yoshlar):
sablya, shpaga (qizlar); rapira (yigitlar)

8 mart, jamoaviy (yoshlar):
sablya, shpaga (yigitlar); rapira (qizlar)

9 mart, jamoaviy (yoshlar):
sablya, shpaga (qizlar); rapira (yigitlar)

Text to speech