15 Fevral 2023 1214

Matniyazova Tel-Aviv turniridagi ishtirokini kimga qarshi boshlaydi?

Ertaga Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. 16-18-fevral kunlari oʻtadigan musobaqada 52 davlatdan 398 nafar sportchi jahon reytingi va Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli ochkolar hamda medallar uchun kurash olib borishadi.

Maʼlum qilganimizdek, ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasidan faqatgina Gulnoza Matniyazova ishtirok etadi. Bugun bahslarga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi va sportchilar oʻz raqiblarini bilib olishdi.

Unga koʻra, -70 kg vazn toifasida qatnashadigan yurtdoshimiz turnirni moʻgʻulistonlik Basanjargal Bayarbatga qarshi boshlaydi. Agar ushbu raqib toʻsigʻidan oʻta olsa, Luana Karvalyo (Braziliya) va Maya Goshen (Isroil) juftligi gʻolibi bilan chorak final yoʻllanmasi uchun kurashadi. Matniyazovaning vazn toifasidagi bahslar 17-fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Text to speech