15 Fevral 2023
1109
Beshkurashchilarimiz xorijiy yigʻinga joʻnab ketishdi
Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Belarus Respublikasiga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz 8-mart kuniga qadar Minsk shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etishadi.
Yigʻinga 10 nafar sportchi jalb qilingan. Unda yosh sportchilarimizning Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari, shuningdek, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi litsenzion musobaqalarga munosib tayyorgarlik koʻrishlarini taʼminlashga eʼtibor qaratiladi. Murabbiylar shtabi mashgʻulotlar davomida har bir sportchi bilan alohida shugʻullanib, ularning texnik va taktik mahoratlarini kuchaytirish ustida ishlashadi. Shuningdek, yigʻin davomida yosh beshkurashchilarimiz belaruslik sportchilar bilan tajriba almashishlari koʻzda tutilgan.