15 Fevral 2023 1018

Oʻzbekiston va Italiya ot sporti federatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi Bosh kotibi Nodir Ibragimov ayni paytda Italiyada xizmat safarida boʻlib turibdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad ot sporti boʻyicha ushbu mamlakatning tajribasini oʻrganish, tomonlar oʻrtasida istiqbolli kelishuvlarni yoʻlga qoʻyishdir.

Mutaxassis Italiya ot sporti federatsiyasi Bosh kotibi Simone Perillo bilan oʻtgan uchrashuv davomida ushbu mavzularga alohida toʻxtalib oʻtdi. Suhbat davomida tomonlar oʻzaro hamkorlikning keyingi marralari, terma jamoalar oʻrtasida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish, “Pratoni del Vivaro” ot sporti klubida oʻtadigan nufuzli xalqaro musobaqada hamyurtlarimizning ishtirokini taʼminlash kabi mavzular ham muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, Nodir Ibragimov samimiy uchrashuv uchun minatdorchilik bildirib, Italiya ot sporti federatsiyasi rahbariyati va terma jamoa vakillarini aprel oyida poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” klubida oʻtadigan xalqaro musobaqaga taklif qildi.

Text to speech