15 Fevral 2023 826

Tog' chang'ichilarimiz jahon chempionatida ishtirok etishadi

Ayni kunlarda Fransiyada tog‘ chang‘isi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bahslar o‘tkaziladigan Kurshevel va Maribel shaharchalariga yetib kelishdi.

Mazkur dunyo birinchiligida hamyurtlarimiz slalom va gigant slalom dasturlarida startga chiqishadi. 16-18-fevral kunlari o‘tadigan saralash bellashuvlarda quyidagi 5 nafar atletimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:

Erkaklar:
Komiljon To‘xtayev
Arman Gayupov
Medet Nazarov

Ayollar:
Ra’no Imanqulova
Valeriya Kovalyova

Text to speech