14 Fevral 2023 908

Gruziya termasining Toshkentga keladigan tarkibi aniq

3-5-mart kunlari Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadigan Gruziya termasi o‘z tarkibini e’lon qildi. Qayd etish joiz, ushbu jamoa yigitlari har bir vazn toifasida medallar uchun kurashga asosiy da’vogarlardan sanaladi. Gruzinlar tarkibida 2022 yilning eng yaxshi ipponi muallifi Beka Gviniashvili, jahon chempioni Luxumi Chxvimiani, Rio-2016 Olimpiadasi finalchisi Varlam Liparteliani kabi nomlarni uchratish mumkin. To‘liq tarkib bilan tanishing:

Erkaklar:
-60 kg: Luxumi Chxvimiani
-66 kg: Bagrati Niniashvili
-81 kg: Levan Gugava
-90 kg: Beka Gviniashvili
-90 kg: Ushangi Margiani
-100 kg: Onise Saneblidze
-100 kg: Varlam Liparteliani
+100 kg: Gela Zalishvili

Ayollar:
-57 kg: Eteri Liparteliani
-70 kg: Sofio Somxishvili

Text to speech