14 Fevral 2023 816

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Italiyada yigʻin boshlashdi

Sabaudiya shahrida oʻtkaziladigan yigʻin 2 bosqichidan iborat boʻlib, 22-martgacha davom etadi. Terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu safarga joriy yil oʻtadigan litsenzion jahon chempionati, Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi kutilayotgan 15 nafar sportchini jalb qilgan.

Kecha jamoa oʻzining dastlabki mashgʻulotini oʻtkazdi. Unda sportchilar yengil jismoniy mashqlarni bajarishdi. Yigʻinning dastlabki qismida atletlarning umumiy jismoniy tayyorgarligini kuchaytirishga eʼtibor qaratilgan.

Text to speech