13 Fevral 2023 1204

Og‘ir atletikachilarimiz xorijiy mutaxassislar bilan yangi yig‘in boshlashdi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Chirchiqda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Bosh murabbiy Bahrom Mendiboyev mazkur yig‘inga may oyida Koreya Respublikasida o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etishi kutilayotgan 15 nafar asosiy tarkib sportchilarini jalb qilgan.

Yana bir ahamiyatli tomoni, bu terma jamoamizda faoliyat boshlagan xorijlik murabbiylar eronlik Ali Hussayni va turkmanistonlik Doulet Glidjov ishtirokidagi birinchi yig‘in hisoblanadi. Shuningdek, hamyurtlarimiz bilan O‘mon terma jamoasining 2 nafar vakili birga shug‘ullanib, o‘z tajribalarini oshirishmoqda.

Text to speech