13 Fevral 2023 1267

Tel-Aviv turnirida Gulnoza Matniyazovaga muxlislik qilamiz

16-18-fevral kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, unda Oʻzbekiston terma jamoasidan faqatgina Gulnoza Matniyazova (-70 kg) ishtirok etadi.

Murabbiylar shtabi erkaklar va ayollar terma jamoalarini 3-5-mart kunlari poytaxtimizda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga tayyorlamoqda. Shu bois asosiy eʼtibor oʻz yurtimizda oʻtadigan musobaqaga qaratilgan.

Isroil mezbonlik qiladigan turnirda 56 mamlakatdan 400 nafardan ortiq sportchi qatnashishi kutilmoqda. Oʻz vazn toifasida gʻalaba qozongan dzyudochi jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yoʻlida esa 500 ochkoga ega boʻladi.

Text to speech