2 Iyun 2020 444

9-onlayn uchrashuv

Milliy Olimpiya qo'mitasi hamkasblari bilan doimo aloqada bo'lish uchun onlayn uchrashuvlarni o'tkazishda davom etmoqda.

9-marotaba Zoom platformasidan foydalanib, bizni qiziqtirgan mavzularni muhokama qilyapmiz, yangi qiziqarli ma'lumotlarni baham ko'rib, bir-birimizdan zavqlanyapmiz.

Ushbu uchrashuv davomida MOQ Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinasiya qilish departamenti bosh mutaxassisi B. Ibragimov olimpiyachilarni tayyorlash va tanlab olishning xitoycha tizimi bilan tanishtirdi.

Keyin Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi o.O. Kasimov hamkasblar bilan birgalikda Xitoy sporti bilan bog'liq, shuningdek, ushbu tizimni sportimizda qo'llash imkoniyatlarini batafsil muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida MOQning Sirdaryo viloyati vakili Ravshan Sattarov o'z mehnat faoliyati bilan bog'liq xotiralarni so'zlab berdi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi barcha jamoalarni hamjihat va birdam bo'lishga chaqiradi, bir-biringizni unutmagan holda, yodda tutingki, hatto masofadan turib ham barchamiz hamkasb va do'st bo'lib qolamiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech