13 Fevral 2023 913

Aleksey Mochalovni tabriklaymiz!

Bugun baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq aʼzosi Aleksey Mochalov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Aleksey Yuryevich Mochalov 1990-yil 13-fevral kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Guanchjou-2010 va Incheon-2014 Osiyo oʻyinlari gʻolibi, koʻp karra Jahon kubogi sovrindori va Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi. Sportchimiz koʻrsatgan xizmatlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi.

Text to speech