12 Fevral 2023 801

Qizlarimiz Jahon kubogini 10-o’rinda yakunlashdi

Poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha ayollar o’rtasidagi Jahon kubogining galdagi bosqichi yakunlandi. Unda O’zbekiston terma jamoasi 10-pog’onani egalladi.

9-o’rin uchun kechgan kurash yo’lida qizlarimiz dastlab Japoniya, so’ng Ruminiya termasini mag’lubiyatga uchratishdi. Afsuski, yakuniy pallada ispaniyalik raqibalariga 26:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Musobaqada oltin medallar Bolgariya termasiga nasib etdi. Finalda ular ozarbayjonlik qilichbozlardan 45:40 hisobida ustun kelishdi. Bronza medallari esa koreyalik sablyachilarga nasib etdi.

Text to speech