11 Fevral 2023 1832

Sharifa Davronova kattalar o‘rtasida ham Osiyoda tengsiz!

Qozog‘istonning Astana shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi qit’a birinchiligining ikkinchi kun dasturi yakunlandi. Quvonarlisi, bugun ham O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan 16 yoshli Sharifa Davronova eng yuqori natija qayd etib, kattalar o‘rtasida ham tengsiz ekanini ko‘rsatdi. 13.98 metr natija hamyurtimizga chempionlikni taqdim qildi.

1. Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 13.98 metr
2. Mariko Marimoto (Yaponiya) - 13.66
3. Chen Tin (Xitoy) - 13.52

Text to speech