Qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogining tantanili ochilish marosimi o‘tkazildi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Bugun poytaxtimizdagi Gimnastika saroyida musobaqaning tantanali ochilish marosimi va undan so‘ng yakkalik dasturidagi final janglari bo‘lib o‘tdi.
Marosimda rasmiylardan Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi. Unda so‘z olgan Adham Ilhamovich Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda sport sohasiga katta ahamiyat qaratilayotgani, bu kabi musobaqalar yurtimizda qilichbozlik bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning ko‘payishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng kechki dasturdan o‘rin olgan yarim final va final janglariga navbat berildi. Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, gretsiyalik Despina Geogidau oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bugungi g‘olib va sovrindorlar:
1. Despina Geogidau (Gretsiya)
2. Teodoro Gkountora (Gretsiya)
3. Misaki Emura (Yaponiya)
3. Elizabet Tartakovski (AQSh)