Bahromjon Gaziyev Germaniyadagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi
Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Germaniyada CSI2* tasnifidagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. Ushbu turnirdan xushxabar koʻp kuttirmadi.
Mazkur musobaqada sportchi sifatida oʻz omadini sinab koʻrgan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev 130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz “Ledi” tulporida 38 nafar ishtirokchi orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.
Nurjan Tuyakbayev 145 sm balandlikni tashkil etgan toʻsiqlardan sakrash bahslarida ishtirok etdi. Hamyurtimiz «Lansellota» tulporida 68 chavandoz orasida sakkizinchi boʻldi. Musobaqada vakillarimizdan tashqari Fransiya, Polsha, Shvetsiya va Germaniya terma jamoalarining mahoratli sportchilari ishtirok etishmoqda.