10 Fevral 2023 839

Dayibekova hamda Errera medallar uchun kurashni davom ettiradi

Poytaxtimizda boshlangan qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogida birinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Maʼlum qilganimizdek, unda guruh bosqichi va dastlabki ikki saralash bosqichi bahslari oʻtkazildi.

Musobaqada 19 nafar sportchimiz startga chiqqan boʻlsa, ulardan faqatgina Zaynab Dayibekova hamda Fernanda Errera medallar uchun kurashni davom ettiradigan boʻlishdi. Ertaga Errera turkiyalik Irina Shukla, Zaynab Dayibekova esa ukrainalik Alina Komashchukka qarshi jang qiladi.

Text to speech