10 Fevral 2023
1748
Toshkentda qilichbozlik boʻyicha ayollar oʻrtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boshlandi
Jahon reytingi uchun qimmatli ochkolar taqdim qiladigan musobaqada Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Ozarbayjon, AQSH, Germaniya, Vengriya kabi dunyoning 20 davlatidan 158 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Bahslarda Zaynab Dayibekova, Paola Pliyego yetakchiligidagi terma jamoamizning 19 nafar vakili qatnashyapti. Reglamentga koʻra, bugun dastlab guruh bosqichi, soʻng 1/128 va 1/64 final doirasidagi janglar oʻtkaziladi.