9 Fevral 2023 777

Dzyudochi qizlarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inida

Shu kunlarda dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Ushbu tayyorgarlik 3-5-mart kunlari poytaxtimizda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga qaratilgan. Murabbiylar oʻtabi hozirda umumiy jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashga eʼtibor beryapti.

Qayd etish joiz, Gulnoza Matniyazova yakka tartibda shugʻullanmoqda. Rejaga koʻra, faqat u kelasi hafta Tel-Aviv “Katta dubulgʻa” turnirida ishtirok etadi. Ushbu musobaqada dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 450 nafarga yaqin sportchi qatnashadi.

Text to speech