9 Fevral 2023 971

Jahon sportida nima gap?

Shvetsiya 2030-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari mezbonligi uchun kurashga qo‘shildi. Shu tariqa ushbu Olimpiadani o‘zida qabul qilishga AQSh (Solt-Leyk-Siti), Yaponiya (Sapporo) va Shvetsiya (aniq shahar hali ko‘rsatilmadi) kurash olib boradigan bo‘ldi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining bu boradagi yakuniy qarori joriy yil Mumbai shahrida o‘tadigan 140-Sessiyada e’lon qilinadi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Avstraliyaning “Channel Nine” telekanaliga kelgusi 5 ta Olimpiada (Parij-2024, Milan va Kortina d’Ampetsso-2026, Los-Anjeles-2028, Brisben-2032 va hali mezboni aniqlanmagan 2030-yilgi qishki Olimpiada) translyatsiyasining eksklyuziv huquqini sotdi. “Channel Nine” buning uchun 205 million AQSh dollari sarfladi.

Germaniyaning Oberxof shahrida biatlon bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Dastlab aralash estafeta dasturidagi poyga o‘tkazildi. Unda Norvegiya terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan Italiya va Fransiya termalari o‘rin olishdi.

Text to speech